Jurnalist Muhammadjon Obidovning 2024-yil 2-fevral kuni O‘zA milliy axborot agentligida e’lon qilingan “Uchko‘prik – Kenagas” yo‘nalishida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona faoliyati bo‘yicha e’lon qilingan jurnalistik surishtiruvida ko‘tarilgan masalalar hamda ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati transport boshqarmasi faoliyati bo‘yicha tanqidiy xabarlar yuzasidan Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov hamda Transport nazorat inspeksiyasi rahbari J.Karimovlar ishtirokidagi maxsus ishchi guruh tomonidan 3–4-fevral kunlari viloyat transport boshqarmasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.
O‘rganish ishlari davomida aniqlagan kamchiliklar yuzasidan vazirlik markaziy apparati, inspeksiya hamda hududiy transport boshqarma va nazorat qilish bo‘limi rahbar va ishchi xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Tekshiruv xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.